Asosiy kontentga o'tish
TunkaForm

Shaxsga doir ma'lumotlar

Maxfiylik siyosati

TunkaForm xizmatida shaxsga doir ma'lumotlar qanday yig'ilishi, qayta ishlanishi, saqlanishi va himoya qilinishi hamda ma'lumotlar subyektlarining huquqlari.

Tahrir sanasi:
22.10.2026
Kompaniya:
ShahNur Software MChJ

1.Umumiy qoidalar

  1. 1.1.
    Ushbu Maxfiylik siyosati (keyingi o'rinlarda - Siyosat) TunkaForm xizmati (keyingi o'rinlarda - Xizmat) doirasida shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlash tartibi va shartlarini belgilaydi.
  2. 1.2.
    Siyosat O'zbekiston Respublikasining "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi Qonuni (2019-yil 2-iyuldagi O'RQ-547-son) va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
  3. 1.3.
    Siyosat Foydalanish shartlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Xizmatda ro'yxatdan o'tish yoki undan foydalanish orqali siz Siyosat bilan tanishganingizni va unda ko'rsatilgan shartlarda ma'lumotlaringiz qayta ishlanishiga rozilik berganingizni tasdiqlaysiz.

2.Atamalar

  1. 2.1.
    Operator - "ShahNur Software" MChJ (STIR 311 915 358), shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlashni tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi shaxs.
  2. 2.2.
    Shaxsga doir ma'lumotlar - muayyan jismoniy shaxsga taalluqli bo'lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan har qanday axborot.
  3. 2.3.
    Subyekt - shaxsga doir ma'lumotlari qayta ishlanayotgan jismoniy shaxs.
  4. 2.4.
    Qayta ishlash - shaxsga doir ma'lumotlarni yig'ish, tizimlashtirish, saqlash, o'zgartirish, foydalanish, uzatish, egasizlantirish va yo'q qilish bo'yicha har qanday harakat.
  5. 2.5.
    Mijoz, Foydalanuvchi, Hisob va Mijoz ma'lumotlari - Foydalanish shartlarida belgilangan ma'noda qo'llaniladi.

3.Operatorning roli

  1. 3.1.
    Hisob ma'lumotlari, Sayt orqali yuborilgan arizalar va texnik ma'lumotlarga nisbatan Operator ma'lumotlar egasi va operatori hisoblanadi.
  2. 3.2.
    Mijoz o'z mijozlari, xodimlari va kontragentlari haqida Xizmatga kiritgan ma'lumotlarga nisbatan Mijoz ma'lumotlar egasi hisoblanadi. Operator bunday ma'lumotlarni faqat Mijozning topshirig'i bo'yicha va Xizmatni ko'rsatish uchun qayta ishlaydi.
  3. 3.3.
    Mijoz bunday ma'lumotlarni Xizmatga kiritish uchun qonuniy asosga va subyektlarning roziligiga ega bo'lishi shart.

4.Qayta ishlanadigan ma'lumotlar

  1. 4.1.
    Hisob ma'lumotlari - ism, telefon raqami, tashkilot nomi, Foydalanuvchi roli; parol faqat xeshlangan holda saqlanadi; Telegram orqali kirilganda - Telegram identifikatori va foydalanuvchi nomi; Google yoki Apple orqali kirilganda - elektron pochta manzili yoki Apple identifikatori.
  2. 4.2.
    Mijoz ma'lumotlari - Mijoz kiritgan mijozlar, buyurtmalar, o'lchamlar, ombor, kassa, qarzdorlik, xodimlar va ish haqi to'g'risidagi ma'lumotlar.
  3. 4.3.
    Sayt orqali yuborilgan arizalar - telefon raqami, ko'rsatilgan bo'lsa ism, ariza yuborilgan sahifa va manba.
  4. 4.4.
    To'lov ma'lumotlari - to'lov summasi, sanasi, usuli va holati. Bank karta ma'lumotlari Payme va Click to'lov tizimlari tomonidan qayta ishlanadi va Operatorga uzatilmaydi.
  5. 4.5.
    Texnik ma'lumotlar - IP-manzil, qurilma va brauzer turi, server jurnallari, xatolik hisobotlari.
  6. 4.6.
    Foydalanish tahlili - ko'rilgan sahifalar, bosishlar, funksiyalardan foydalanish va sessiya yozuvlari (6-bo'limga qarang).
  7. 4.7.
    Xizmat biometrik ma'lumotlarni (yuz tasviri, barmoq izi va shu kabilar) yig'maydi va qayta ishlamaydi.

5.Qayta ishlash maqsadlari va asoslari

  1. 5.1.
    Ma'lumotlar quyidagi maqsadlarda qayta ishlanadi:
    1. Xizmatni ko'rsatish va Hisobni yuritish;
    2. buyurtmalar, kassa va ish haqi hisob-kitoblarini bajarish;
    3. Telegram orqali bildirishnomalar yuborish;
    4. texnik yordam ko'rsatish va murojaatlarni ko'rib chiqish;
    5. to'lovlarni hisobga olish;
    6. xavfsizlikni ta'minlash va firibgarlikning oldini olish;
    7. xatolarni aniqlash va Xizmatni takomillashtirish;
    8. Sayt orqali ariza qoldirgan shaxslar bilan bog'lanish.
  2. 5.2.
    Qayta ishlash quyidagi asoslarda amalga oshiriladi:
    1. subyektning roziligi;
    2. subyekt tarafi bo'lgan shartnomani bajarish;
    3. qonunchilikda belgilangan majburiyatlarni bajarish.
  3. 5.3.
    Ma'lumotlar e'lon qilingan maqsadlarga mos kelmaydigan maqsadlarda qayta ishlanmaydi.

6.Cookie fayllari va tahlil

  1. 6.1.
    Sayt va boshqaruv paneli kirish sessiyalarini saqlash uchun cookie fayllari va brauzer xotirasidan (local storage) foydalanadi. Bu fayllar Xizmat ishlashi uchun zarur.
  2. 6.2.
    Foydalanish tahlili uchun PostHog, Sayt statistikasi uchun Google Analytics xizmatlaridan foydalaniladi.
  3. 6.3.
    Sessiya yozuvlarida kiritish maydonlaridagi barcha ma'lumotlar yashiriladi, boshqaruv panelida esa ekrandagi matn ham yashiriladi. Shu sababli shaxsga doir ma'lumotlar va biznes ko'rsatkichlari yozib olinmaydi.
  4. 6.4.
    Saytda tahlilga rozilikni sahifa pastidagi xabarnoma yoki "Maxfiylik sozlamalari" havolasi orqali istalgan vaqtda berish yoki qaytarib olish mumkin. Tahlilni rad etish Saytning ishlashiga ta'sir qilmaydi.

7.Uchinchi shaxslarga uzatish

  1. 7.1.
    Ma'lumotlar faqat quyidagi shaxslarga va faqat ularning vazifasini bajarish uchun zarur hajmda uzatiladi:
    1. ma'lumotlar markazi provayderi - serverlarni joylashtirish;
    2. PostHog - foydalanish tahlili;
    3. Sentry - xatoliklarni kuzatish;
    4. Telegram - bot, bildirishnomalar va tizimga kirish;
    5. Google va Apple - foydalanuvchi shu usulda kirishni tanlagan hollarda; Google shuningdek Sayt statistikasi uchun;
    6. Payme va Click - to'lovlarni qabul qilish.
  2. 7.2.
    Operator shaxsga doir ma'lumotlarni sotmaydi va reklama maqsadlarida uchinchi shaxslarga bermaydi.
  3. 7.3.
    Davlat organlariga ma'lumotlar faqat O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan hollarda va tartibda taqdim etiladi.

8.Ma'lumotlarni saqlash va transchegaraviy uzatish

  1. 8.1.
    Hisob ma'lumotlari va Mijoz ma'lumotlari Operator foydalanadigan himoyalangan ma'lumotlar markazidagi serverlarda saqlanadi.
  2. 8.2.
    Ayrim xizmat ko'rsatuvchilarning (PostHog, Sentry, Google, Telegram) serverlari O'zbekistondan tashqarida joylashgan. Ularga faqat 7-bo'limda ko'rsatilgan maqsadlar uchun zarur hajmdagi ma'lumotlar uzatiladi; bunda Operator ma'lumotlar himoyasini qonunchilik talablariga muvofiq ta'minlaydi.
  3. 8.3.
    Telegram bildirishnomalari Telegram serverlari orqali yetkaziladi va Mijoz yoqqan bildirishnomalar mazmunini o'z ichiga oladi.

9.Ma'lumotlar xavfsizligi

  1. 9.1.
    Operator ma'lumotlarni ruxsatsiz kirish, o'zgartirish, oshkor qilish va yo'q qilishdan himoya qilish uchun huquqiy, tashkiliy va texnik choralar ko'radi, jumladan:
    1. tarmoq orqali uzatishda ma'lumotlar TLS protokoli bilan shifrlanadi;
    2. parollar xeshlangan holda saqlanadi;
    3. ma'lumotlarga kirish vakolatli xodimlar bilan cheklanadi;
    4. har kuni shifrlangan zaxira nusxa olinadi va 14 kun saqlanadi.
  2. 9.2.
    Hech bir himoya usuli mutlaq kafolat bermaydi. Ma'lumotlar xavfsizligi buzilgani aniqlansa, Operator ta'sir ko'rsatilgan Mijozlarni qonunchilikda belgilangan tartibda xabardor qiladi.

10.Saqlash muddatlari

  1. 10.1.
    Ma'lumotlar quyidagi muddatlarda saqlanadi:
    1. Hisob ma'lumotlari va Mijoz ma'lumotlari - Hisob faol bo'lgan davr mobaynida;
    2. Hisob yopilgandan yoki o'chirish so'rovi olingandan keyin - 30 kun ichida o'chiriladi, qonunchilikda uzoqroq saqlash talab qilinadigan ma'lumotlar (masalan, to'lov yozuvlari) bundan mustasno;
    3. zaxira nusxalar - 14 kun ichida avtomatik o'chiriladi;
    4. tahlil va xatolik ma'lumotlari - tegishli xizmatlar sozlamalarida belgilangan cheklangan muddat.

11.Subyektning huquqlari

  1. 11.1.
    Subyekt quyidagi huquqlarga ega:
    1. o'z ma'lumotlari qayta ishlanayotgani, uning maqsadlari va ma'lumotlar uzatiladigan shaxslar to'g'risida axborot olish;
    2. o'z ma'lumotlari bilan tanishish va ularni eksport qilish;
    3. noto'g'ri yoki eskirgan ma'lumotlarni aniqlashtirish;
    4. ma'lumotlarni o'chirishni yoki ularni qayta ishlashni cheklashni talab qilish;
    5. qayta ishlashga berilgan rozilikni qaytarib olish;
    6. tahlil maqsadida qayta ishlashga e'tiroz bildirish;
    7. Operatorning harakatlari ustidan vakolatli davlat organiga yoki sudga shikoyat qilish.
  2. 11.2.
    So'rovlar [email protected] elektron pochtasi yoki @tunkaformrobot Telegram boti orqali yuboriladi. Operator so'rovga 10 ish kuni ichida javob beradi.
  3. 11.3.
    Mijoz ma'lumotlari subyektlari (Mijozning mijozlari va xodimlari) o'z so'rovlari bilan avvalo Mijozga murojaat qiladi; Operator Mijozga bunday so'rovlarni bajarishda yordam beradi.

12.Voyaga yetmaganlar

  1. 12.1.
    Xizmat tadbirkorlik faoliyati uchun mo'ljallangan va 18 yoshga to'lmagan shaxslar tomonidan foydalanish uchun emas. Operator voyaga yetmaganlarning ma'lumotlarini ongli ravishda yig'maydi.

13.Siyosatning o'zgarishi

  1. 13.1.
    Operator Siyosatni o'zgartirishi mumkin. Yangi tahrir tahrir sanasi ko'rsatilgan holda shu sahifada e'lon qilinadi.
  2. 13.2.
    Muhim o'zgarishlar haqida boshqaruv paneli orqali xabar beriladi va yangi tahrirni qabul qilish so'raladi.
  3. 13.3.
    Siyosat bir necha tilda e'lon qilinadi. Matnlar o'rtasida tafovut bo'lsa, o'zbek tilidagi (lotin yozuvida) matn ustun hisoblanadi.

14.Operatorning rekvizitlari va aloqa

Nomi
"ShahNur Software" mas'uliyati cheklangan jamiyati
STIR
311 915 358
Yuridik manzil
Toshkent viloyati, Angren shahri, Mustaqillik MFY, Axillik ko'chasi, 16-uy
Elektron pochta
[email protected]
Telefon
+998 99 633 03 19
Telegram
@tunkaformrobot (yordam boti)